Umurtqali
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

 

Home>Hayvonlar>Umurtqali

 

40.

Zarafshon qirg`ovuli

Zarafshan Ring-nacked Pheasant

Phasianus colchicus Linnaeus, 1758

ssp. zerafschanicus Tamovski, 1891

 

Maqomi. 3: Janubiy Palearktika turining zaifga yaqin, o`troq janubiy Turon kenja turi.

Tarqalishi. Zarafshon d. vohasi, o`tmishda Qashqadaryo vohasi. O`zbye-kistondan tashqarida: Tojikiston, G`arbiy va O`rta Osiyo, Qozog`iston, Afg`oniston, Uzoq Sharq, Xitoy, Koreyada — boshqa kenja turlari.

Yashash joylari. Tuqayzorlar, qirg`oo` qamishzorlari; sug`oriladigan yerlar (ko`chish).

Soni. 1960-1970 y.y. keskin qisqarib areali janubida umuman yo`q bo`lib ketgan. Hozirda soni barqarorlashgan (jami 5 mingga yaqin) bo`lsada, biroq muhofaza choralariga bog`liq (Zarafshon qo`riqxonasida — 2 mingga yaqin).

Yashash tarzi. Ko`p modali. Inini yerga quradi. Mart-iyulda 4-16 ta tuxum qo`yadi va 23-24 kun bosib yotadi; poloponlari avgust-sentabrdan ucha boshlaydi. Hasharotlar, chakanda mevalari va o`tlar urug`lari bilan oziqlanadi,

Cheklovchi omillar. To`qayzorlarning qisqarishi, 1960-1970 yillarda pestitsidlarning haddan tashqari ko`p qo`llanilishi, brakonerlik.

Ko`paytarish. Zarafshon qo`riqxonasida ko`paytirish tajribasi mavjud.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Zarafshon qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan.

 

 

41.

To`xta tuvaloq

Great Bustard Otis tarda Linnaeus. 1758

ssp. tarda Linnaeus, 1758

 

 

Maqomi. 1: Janubiy Palearktika turining butunlay yo`q bo`lib ketish arafasidagi ko`chmanchi G`arbiy kenja turi. TMXI 1-Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. Usturt yassi tekisligi (uchib o`tish) Janubi-sharqiy Qizilqum, Zarafshon d. vohasi, Surxondaryo, Sherobod daryolarning quyi qismlari (uchib o`tish, o`tmishda — qishlash); Mirzacho`l va Dalvarzin cho`li, Nurota t. etaklari (uchib o`tish, o`tmishda-uyalash), O`zbekistondan tashqarida: Yevropa, Shimoliy Afrika, Qozog`iston, G`arbiy Sibir janubi (uyalash); G`arbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Turkmaniston, Tojikiston (qishlash), Sharqiy Sibir janubi, Mug`uliston, Primoryye (uyalash); Koreya, Xitoyda (qishlash) — boshqa kenja turi.

Yashash joylari. Tog` etaklaridagi ser o`tli tekisliklar, yarim cho`llar, bedazorlar.

Soni. O`tmishda uyalashi kam, qishlashi odatiy bo`lgan, hozirda na uyalamay, na qishlamay qo`ygan; yakka holda va kichik guruh (11-gacha) bo`lib uchib o`tadi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Aprel-mayda yerga 2-3 tuxum qo`yadi va 21-28 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi — oktabr-noyabrda.

Cheklovchi omillar. Yarim cho`l zonalarida qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi natijasida yashash joylarining yemirilib ketishi.

Ko`paytirish. Yevropa parvarishxonalarida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. SITESning 1-Ilovasiga kiritilgan.

 

 

42.

Yo`rg`a tuvaloq

Houbara (McQueen’s) Bustard

Chlamydotis undulate (Jacquin, 1784)

ssp. macqueenii (J.E.Gray, 1832)

 

 

Maqomi 2: Janubiy Palearktika turining zaif, qisqarib borayotgan, ko`chmanchi Eron-Turon kenja turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. Qizilqum cho`li. O`zbekistondan tashqarida: Qozo-g`iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, G`arbiy Osiyo, Oltoy, Mo`g`uliston (uyalash), G`arbiy Osiyo janubi, Hindiston (qishlash). Shimoliy Afrika, Kanar orollarida - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari. Cho`llarning barxanli, sho`rxok qismi (uyalash), vohalardan tashqari barcha tekisliklar (uchib o`tish).

Soni. 1,5-3 ming donasi uyalaydi (har bir kv. km. da 0,05-0,4 dan), 20 mingga yaqini uchib o`tadi. 1960-yillarda soni va areali qisqargan; 1980-yillardan boshlab qisqarishi keskinlashgan.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib kelishi - fevral-martda. Aprel-mayda yerga 2-5 ta tuxum qo`yadi va 21-24 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust-noyabrda. O`t va o`t uruni, umurtqasizlar, mayda kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi (1960-yillardan), brakonerlik. uchib o`tish va uyalash davrida qurol va lochinlar yordamida ruxsatsiz ovlash (1980-yillardan), tuxumi va poloponlarini yig`ish.

Ko`paytirish. O`zbekiston parvarishxonalarida ko`paytirish bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Isroil, Saudiya Arabistoni parvarishxonalarida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Qarnabcho`l buyurtmaxonasi va "Jayron" ekomarkazida muhofaza ostiga olingan. SITESning 1-Ilovasiga kiritilgan.

 

 

43.

Oqbovur

Pin-tailed Sandgrouse

Pterocles alchata (Linnaeus, 1776)

ssp. caudacutus (S.G. Gmelin, 1789)

 

Maqomi. 2: Janubi-G`arbiy Palearktika turining zaif, qisqarib borayotgan ko`chmanchi Afro-Osiyo kenja turi.

Tarqalishi. Qizilqum (uyalash, o`tmishda qishlash); Qarshi, Sandiqli cho`llari, Nurota tog` etaklari, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon d. vohalari (uyalash); tekislik hududlari (uchib o`tish). O`zbekistondan tashqarida: Shimoliy Afrika, G`arbiy va O`rta Osiyo, Qozog`iston (uyalash); Eron, Iroq, Afg`oniston, Pokiston, Hindiston (qishlash). G`arbiy Yevropa janubida — boshqa kenja turi.

Yashash joylari. Qumli, tuproq va toshloq dashtlar (uyalash), G`alla ekin maydonlari (ko`chib yurish).

Soni. O`tmishda uchrashi odatiy edi. 1960-1970 yillarda lokal populyatsiyalarda har gektarda o`rtacha 0,4-Z ta, suvloqlarda har soatda 200 tagacha uchragan. 1970-yillardan keskin kamayib ketdi, hozirda bir necha mingtasigina uyalaydi va uchib o`tadi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. May-iyunda koloniya, ba'zan guruh yoki alohida juft bo`lib yerga in quradi; 2-3 ta tuxum qo`yadi va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari avgustdan ucha boshlaydi. Avgust-sentabrda ko`chib yuradi, kuzgi uchib o`tishi — sentabr-noyabrda. O`simliklarning bargi, urug`lari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Cho`l zonalarida qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi, brakonerlik, suvloqlarda o`q otib ovlash.

Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Uyalash joylari va uchib o`tish davrida muhofazasini tashkil qilish lozim.

 

 

44.

Qora kaptar

Pale-baked Pigeon

Columba eversmaitni Bonaparte, 1856

 

 

Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan ko`chmanchi Turon endemik turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. G`arbiy Tenshon, G`arbiy Pomir-Oloy tog`larining pastki qismi, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Qashqadaryo vohalari (uyalash); tekisliklar va tog`oldi hududlari (uchib o`tish, ko`chish). O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyo, Qozog`iston, Eron, Afg`oniston (uyalash); O`rta Osiyoning janubi, Pokiston, Hindiston (qishlash).

Yashash joylari. Tog`oldi vohalari va tekislikdagi to`qayzorlar, sog` tuproqli jarliklar (uyalash); g`alla maydonlari (ko`chish).

Soni. O`tmishda uchrashi odatiy edi, taxminan bir necha mingtasi uyalagan. 1960-1970-yillarda soni keskin kamayib ketgan, hozirda taxminan bir necha yuztasi mavjud bo`lsa kerak.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Alohida juft bo`lib jarliklarga, daraxtlarga in quradi, may-iyulda 2 ta tuxum qo`yadi (bir yilda 2 marta) va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari iyul-avgustda ucha boshlaydi. Avgust-sentabrda ko`chib yuradi. Kuzgi uchib o`tishi - sentabr-noyabrda. Respublika janubida ba'zan nomuntazam qishlaydi. Dukkakdoshlar va boshoqdoshlar urug`lari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. To`qayzorlarning qisqarishi, qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilib ketishi, brakonerlik.

Ko`paytirish. Ko`paytirilmagai.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Qo`riqxona va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005